24-dekabr kuni Toshkentning Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalarida o‘rnatilgan beshta kamera avtobus yo‘lagida to‘xtagan 175 nafar haydovchiga jarima soldi.
Toshkentda “Yashil shahar” transport yo‘lagining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyiha doirasida Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilishi rejalashtirilgan yashil transport yo‘lagining konsept-dizayni, matematik modeli va uni asosida texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi. Loyiha Toshkent shahar hokimligiga kiritildi.
Toshkent shahrida avtobuslar harakati uchun tashkil etilgan maxsus yo‘lakda harakatlangan, sababsiz to‘xtagan va avtobuslarning harakatiga xalaqit bergan transport vositalarini maxsus kameralar qayd etishni boshladi va ularga nisbatan jarima qo‘llanilmoqda.
Toshkent shahri hokimligi Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko‘chalarida tezyurar avtobuslar yo‘laklarini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Loyihada xorij tajribasi asosida ko‘chalarni optimallashtirish nazarda tutilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting